Inson organizmi haqida 9 ta g'alati fakt

Inson organizmi haqida 9 ta g'alati fakt

@Telegraflar

Nega ayollar erkaklardan ko'ra ko'proq sovqotishi, barmoq izlari bizga nega kerakligi va bo'g'imlardagi og'riqqa qarab ob-havoni bashorat qilish mumkinligi haqida bilib oling.

1. Yosh o'tgan sari tovon kattalashishi rostmi

Yillar o'tgan sari paylar va chandirlar zaiflashib boradi. Shu tufayli oyoq panjasining gumbazi yapasqi bo'lib qoladi, oyoq panjalarining o'zi esa kengayib, uzunlashadi. 

2. Nega ayollar erkaklardan ko'ra ko'proq sovqotadi

Ayollarda teri osti yog' qatlami qalinroq bo'ladi, ammo u tana markazida to'plangan bo'lib, ichki a'zolarni isitib turadi. Shu sababli oyoq-qo'l sovuqdan kamroq himoyalangan bo'ladi. Oyoq-qo'llar sovuq yeganda esa, go'yoki butun tana sovqotayotgandek tuyuladi.

3. Nega xona haroratidagi qahva bemaza tuyuladi

Insondagi ba'zi ta'm bilish retseptorlari xona haroratidagi yoki undan sal yuqoriroq haroratdagi taom molekulalariga sezgirroq bo'ladi. Qaynoq qahva achchiq emasdek (shu tufayli shirinroq) tuyuladi, chunki achchiq ta'mni sezadigan retseptorlar shunchaki issiq narsalarni seza olmaydi. 

4. Nega amerikancha tepaliklarda oshqozon xalqumga tiqilayotgan tuyuladi

Negaki ichki a'zolarimiz chindan ham joyidan siljiydi. Tasma sizni qulashdan saqlaydi, ammo qorin bo'shlig'ida sust mahkamlangan oshqozon va ichaklar tepaga qarab siljiydi. Ammo shikastlanmaydi. Asab tolalarining uchlari harakatni qayd etadi, ammo sizga go'yo oshqozon bo'g'izga kelib tiqilgandek tuyuladi.


5. Bizga barmoq izlari nima uchun kerak

Dastavval, ular jismlarni ushlab turish uchun kerak, deb hisoblashgan. Ammo Manchester universiteti olimlari shunday ta'kidlaydi: barmoqlardagi izlar tekis silliq buyumlarni ushlashga faqat xalaqit beradi, chunki ular barmoqlar va buyumning sirti o'rtasidagi tegib turuvchi yuzani kichraytiradi. Ular fikricha, bu izlar barmoq do'mboqchalari terisini jarohatlar va qadoqlardan himoya qilar ekan.

6. Bo'g'imlardagi og'riq ob-havo o'zgarishini bashorat qilishi mumkinmi

Juda ham bo'lishi mumkin. Ob-havo yomonlashuvidan oldin atmosfera bosimi keskin pasayib ketadi. Shu tufayli organizm to'qimalari kengayadi, bu esa shish va og'riqlarga sabab bo'ladi. Effekt odatda kuchsiz ifodalanadi, ammo artritga chalingan va bo'g'imlari shamollagan odamlar uni kuchliroq his etadi.

7. Nega hiqichoq tutganda nafas olmay turish kerak

Agar nafas olinmasa, organizmda karbonat angidrid gazi to'planadi, u esa hiqichoq berayotgan diafragmaning qisilishini to'xtatadi. Diafragma beixtiyor qisqarganda, tez nafas olish yuz beradi. Ammo bu nafasni tilcha – til ortida joylashgan kemirchak uzib qo'yadi. Tilcha yopilgan vaqtida esa, hiqichoqqa xos bo'lgan tovushni chiqaradi.

8. Hatto bolalikda breket taqqan bo'lsangiz ham, nega tishlar joyini o'zgartiradi

Bu ko'p jihatdan milk ortidagi suyak to'qimalari yo'qolishi bilan bog'liq. U asosan keksayish jarayonida yuz beradi, ammo chekish va parodontit ham bu yo'qolishni kuchaytiradi. Agar suyak to'qimalari ko'p miqdorda kamaysa, tishlar o'z o'rnidan siljiydi.

9. Nega yugurganda biqin og'riydi

Yugurish vaqtida diafragma cho'zilib, uzilib-uzilib harakat qiladi, bu esa qovurg'a ostida, odatda o'ng tomonda keskin sanchiqli og'riqni paydo qiladi. Og'riqni yengillashtirish uchun, tezlikni pasaytiring va juda chuqur nafas olmang.


Siz hozir @telegraflar kanalidasiz, ushbu habarni do'stlaringiz bilan ulashing!

Создано с помощью Tgraph.io